Jamoatchilik eʼtirozlari qanchalik oʻrinli?

11:39 14 Noyabr 2023 Siyosat
130 0

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi vaqtda fuqarolar va xorijiy sayyohlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar olib kelinganda, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi va protsessual harakatlar amalga oshirilishi internet tarmogʻida jamoatchilikning ayrim munozaralariga sabab boʻlmoqda.

Qonun loyihasi tashabbuskorlarining aytishicha, loyihaning qabul qilinishi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va undan foydalanishning oʻrnatilgan tartib qoidalarini oʻzgartirmagan holda, jamoatchilik oʻrtasida yuzaga kelayotgan eʼtirozli kayfiyatni yumshatish imkoniyatini yaratadi.

Binobarin, mazkur qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi 1854-moddasi bilan toʻldirilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 2444-moddasida belgilangan sanksiyalarga muqobil jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazo turlari kiritilyapti.

Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari qonun loyihasi yuzasidan partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, uni yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha qator takliflar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер