Jami saylovda ishtirok etgan fuqarolar soni maʼlum boʻldi. Umumiy davomat — 67,8 foiz

14:43 23 Dekabr 2019 Siyosat
973 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlarida chet el bilan birga hisoblaganda 13 963 627 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov maʼlum qildi.

Abdusalomov bergan maʼlumotga koʻra, bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizini tashkil qildi. Jami saylovchilarning soni 20 mln 596 ming 570 nafardan iborat edi.

Saylovlarda birinchi marta xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun ovoz berish imkoniyati yaratildi. Avvallari faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston fuqarolarigina saylovlarda qatnashardi. Qirqqa yaqin mamlakatda tashkil etilgan ellik beshta saylov uchastkasida 112 411 saylovchi ovoz berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер