Jahon kubogini oltin medal bilan boshladik
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogida terma jamoamiz dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova biroz avval yakunlangan bahsda oltin medal sohibi boʻldi.
Koʻpkurash dasturida yurtimiz sharafini himoya qilgan Taxmina 119.60 ball jamgʻarishga erishdi. Taʼkidlash joiz, bu Ikromova uchun Jahon kubogi bosqichlaridagi birinchi oltin medal boʻldi.
Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi, koʻpkurash natijalar:
1. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) - 119,60
2. Yekaterina Vadeneyeva (Sloveniya) - 118,20
3. Darja Varfolomedeyev (Germaniya) - 112,65.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring