Jahon chempionlari velosipedlar bilan taqdirlandi

18:02 30 May 2018 Sport
2238 0

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Chempionlar yurt faxri” tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda Moskvada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida futbol bo`yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimizga Milliy olimpiya qo‘mitasi sovg‘alari — velosipedlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs guruhi tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер