Jahon chempionatida ilk medallar qoʻlga kiritildi
Durres shahri (Albaniya) mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medallariga ega chiqdi. -81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Diyorbek Ermatov 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Hamyurtimiz oʻzining sevimli dast koʻtarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natija qayd etdi. Siltab koʻtarishdagi 169 kg va ikki kurashdagi 314 kg uni shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishini taʼminladi.
— Levan Ochigava (Gruziya) - 322 (143+179) kg
— Da He Kvon (J.Koreya) - 316 (142+174) kg
— Diyorbek Ermatov (Oʻzbekiston) - 314 (145+169) kg.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring