Jahon banki Afgʻonistonga moddiy yordam berishni rejalashtirmoqda

15:33 02 Dekabr 2021 Dunyo
1650 0

Illyustrativ foto

Jahon banki kengashi Afgʻonistonda AQSH qoʻshinlari chiqib ketganidan soʻng kuchayib borayotgan gumanitar inqirozni yengishga yordam berish uchun mablagʻ ajratadi. Bu haqda Reuters oʻz manbalari tayanib xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Jahon banki muzlatilgan Afgʻonistonni qayta tiklash trast fondidan 280 million dollarni ikki yordam agentligiga oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlagan. Jahon banki tomonidan boshqariladigan Afgʻonistonni qayta tiklash trast fondi (ARTF)dagi mablagʻlarni Afgʻonistonga yoʻnaltirish uchun 31 ta hamkor tashkilotlar moddiy yordam transferini maʼqullashi kerak.

30-noyabr kuni Jahon banki boshqaruv organi norasmiy ravishda yigʻilib, ARTFdagi 1,5 milliard dollardan 500 million dollargacha boʻlgan mablagʻni yordam uchun ajratish masalasini muhokama qildi.

Afgʻonistonning 39 million aholisi mamlakat hududidan AQSH qoʻshinlari chiqib ketganidan soʻng “Tolibon” hokimiyatni qoʻlga kiritganidan uch oy oʻtib, iqtisodiy inqiroz, oziq-ovqat tanqisligi va qashshoqlik kuchayishi bilan yuzma-yuz kelmoqda.

ARTFdagi pullarni Afgʻoniston uchun qayta yoʻnaltirishni amalga oshirish barcha fond homiylarining roziligini talab qiladi. Masalaning nozik jihati shundaki, homiylarning eng koʻpi Amerika Qoʻshma Shtatlari vakillari hisoblanadi.

Hozircha Oq uy Jahon banki boshqaruvining mablagʻlarni Afgʻonistonga yoʻnaltirishni rejalashtirayotgani haqidagi jarayonlarga munosabat bildirmagan.

Jahon banki Matbuot kotibining xabariga koʻra, bank boshqaruvi bu vaziyat muhokamasi uchun hamkor tashkilotlar shu yilning 3-dekabr kuni uchrashishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер