Jadid bobolar siymosini tarixga muhrlayotgan kulol

16:26 05 Iyul 2024 Jamiyat
452 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻonalik mashhur kulol-rassom Tohirjon Haydarov yurtimizda “Tohir sopol” nomi bilan tanilgan. Kulolning aytishcha, bu nomni unga “Mushtum” hajviy jurnalida rassom sifatida faoliyat koʻrsatayotgan davrida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qoʻygan.

Tohirjon Haydarov mamlakatimizdagi ilk kulolchilik xususiy uy-muzeyi asoschisi boʻlib, oʻz xonadonida katta muzey tashkil etgan. Bu yerda farzandlari bilan birga, sopol idishlarga oʻzbek mumtoz adabiyoti, sanʼati namoyandalari qiyofasi igna yordamida chiziladi. Qoʻl ishi orqali jadidlarning siymosi tushirilgan kulolchilik buyumlari soʻnggi yillarda yurtimizda, xorijda xaridorgir boʻlib ulgurdi.

Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida mashhur ijodkor haqida sahnalashtirilgan “Kulolning armoni” spektakli premyerasi boʻlib oʻtdi. Dramaturg Ilhom Oʻrmonning “Kulolning armoni” nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda Rishton kulolchilik maktabi taniqli namoyandasining oʻziga xos uslubi talqin etilgan.

— Spektaklni koʻzimda yosh bilan tomosha qildim, — deydi taniqli kulol. — Chunki bugun eng katta armonlarimdan biri ushaldi. Shu tabarruk sahnada mehribon onajonim uchun anvoyi gullar sovgʻa qilib, eng ezgu tilaklarimni izhor etdim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер