Zelenskiy Kiyevda AQSH moliya vaziri bilan uchrashdi
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda AQSH moliya vaziri Janet Yellen bilan uchrashdi.
«Amerika Qoʻshma Shtatlari moliya vaziri Janet Yellen bilan muhim uchrashuv. Qoʻshma Shtatlar bu urushning birinchi kunlaridanoq bizni nafaqat qurol-yaroq, balki moliyaviy jabhada ham qatʼiy qoʻllab-quvvatlamoqda. Biz buni juda qadrlaymiz», deya yozdi Zelenskiy «Telegram» ijtimoiy tarmogʻidagi oʻz sahifasida.
Uchrashuvda AQSHning Ukrainadagi elchisi Bridjit Brink ham ishtirok etgan.
Shu yilning 24-fevral kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Qoʻshma Shtatlar Ukrainani, jumladan, hukumat va energetika infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash uchun 10 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratayotganini maʼlum qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring