Zamonaviy xirurgiya muammolari muhokama qilindi
Foto: Xalq so'zi
Andijon davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy xirurgiyaning muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Hindiston, Yaponiya, Tatariston kabi oʻnlab davlatlardan 100 nafarga yaqin soha xodimlari ishtirok etdi.
— Tibbiyot qanchalar rivojlanmasin, baribir, muammolar yuzaga kelishi tabiiy xol,—deydi institut rektori Madaminjon Madazimov. –Qachonki, shu muammolarning ijobiy yechimini taʼminlanar ekan, shundagina rivojlanishning samarasini kuzatish mumkin. Quvonarlisi shundaki, tibbiyot sohasi rivojlangan davlatlar qatorida respublikamiz vakillari ham bu kabi muhim masalalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu ham boʻlsa mamlakatimizda tibbiyot sohasining tobora rivoj topib borayotganidan dalolatdir.
Anjuman davomida mavzuga maʼruzalar oʻqildi. Bildirilgan fikrlar bahslarga ulardi, pirovardida xulosalar qilindi. Ishtirokchilar, shuningdek, muhokama qilingan mavzular yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni ham tahlil qilishib, bu boradagi muhim vazifalar yuzasidan koʻrsatmalar berishdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring