Zamonaviy kasaba uyushmasi harakatida ta’lim sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni

15:36 05 Mart 2025 Jamiyat
202 0

Poytaxtimizdagi 110-umumta’lim maktabida «Zamonaviy kasaba uyushmasi harakatida ta’lim sohasidagi xotin-qizlarning roli» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tarmoq kasaba uyushmalarida amalga oshirilayotgan ishlar va samarali faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bir qator vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar mas’ullari hamda ko‘plab kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.

Tadbir dasturiga muvofiq, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Xotin-qizlar kengashi raisi G. To‘xtayeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri N. G‘oyibnazarova ma’ruza qildi.

Shuningdek, “Miss Universe Uzbekistan” tanlovi g‘olibi, “Koinot go‘zali — 2024” tanlovi ishtirokchisi N. Faxriddinova so‘zga chiqib, go‘zallik sirlari, sog‘lom turmush tarzi haqida master-klass o‘tkazib, kerakli tavsiyalar berdi.

Tadbirning keyingi qismida eng faol tuman va shahar kengashi raislari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov “Zamonaviy rahbar ayol” deb nomlanib, ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdi. Birinchi shartda muammoli vaziyatlar bo‘yicha savollarga javob berishdi. Ikkinchi shartda zamonaviy kasaba uyushmasi bo‘yicha tasavvurlarini ko‘rgazmali bayon qilishdi. Uchinchi shartda esa milliy kiyim namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, kasaba uyushmasi Chust tuman bo‘linmasi kengashi raisi, Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi deputati M. Fazliddinova oliy o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbirda xalqimiz sevgan san’atkorlar xotin-qizlarga a’lo kayfiyat ulashdi. Yakunda barcha mehmonlar va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер