“Zakovat” turnirining hududiy bosqichiga start berildi
Yurtimizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazib kelinmoqda. Ahamiyatli jihati, “Zakovat” oʻyinlari aholi oʻrtasida keng ommalashib, yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirmoqda.
Bugun, 26-sentabr kuni umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichiga start berildi.
Mazkur turnirda tuman va shahar bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 208 ta hududning 3 tadan jamoasi ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda hududlardagi bellashuvlar tobora qizgʻin tus olmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring