“ZAGS”larning ish vaqti oʻzgardi
Barchaga maʼlum, avval turli hududlar FHDYO boʻlimlarining ish vaqti har xil boʻlgan.
Masalan, Toshkent shahrida dushanba — dam olish kuni boʻlgan boʻlsa, boshqa hududlarda ish kuni edi. Bu holat, mazkur maʼlumotga ega boʻlmagan aholiga noqulaylik tugʻdirar edi.
Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan ushbu masala qayta koʻrib chiqilib, FHDYO boʻlimlarining toʻliq ish vaqti dushanba – juma kunlari etib belgilandi.
Eng muhimi, endilikda FHDYO boʻlimlari tomonidan shanba kunlari ham 9.00 dan – 15.00 ga qadar aholiga xizmat koʻrsatiladi.
Bunda, mehnat qonunchiligiga toʻliq rioya qilingan holda shanba kunlari ishlaydigan xodimlarning umumiy ish vaqti haftasiga 40 soatdan ortmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring