Yurtimizda kuniga qancha kishi PZR-test topshirayotgani maʼlum qilindi
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 5-yanvardan boshlab aholi oʻrtasida kasallanish koʻrsatkichlari ortib borayotganini koʻrish mumkin.
Shu sababli yurtimizda virusning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kasallikka gumon qilingan shaxslardan PZR-test tahlillarini olish ishlari samarali tashkil etilyapti.
Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati maʼlumotiga koʻra, joriy yil 5-15-yanvar kunlari mamlakatimizda jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi oʻtkazilgan.
Soʻnggi kunlarda esa kuniga oʻrtacha 45-50 ming nafarga yaqin fuqarodan PZR-test olinmoqda.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yil dekabr oyining oxirgi haftasida yurtimizda kuniga 15-20 mingta ana shunday sinama tahlillari oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring