Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 2686 nafarga yetdi
2020-yil 15-may soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 (+4) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari joriy yilning 12-14-may kunlari Rossiyadan Qoraqalpogʻistonga kelgan. 1 nafar fuqaro esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidan boʻlib, kasallikni infeksiyaga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.
Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayib, hozirda mamlakatimizda sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Oʻzbekistonda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda.
Aytib oʻtish lozimki, bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga koʻchirib oʻtkazildi. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring