Yuridik texnikumlar bitiruvchilariga OTMga suhbat asosida oʻqishga kirish boʻyicha yoʻllanmalar berish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Adliya vazirining buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3370 , 2022-yil 03-iyun).
Ushbu buyruq bilan quyidagilar:
— Bitiruvchilarga yoʻllanma berish boʻyicha tanlovni tashkil etish va oʻtkazish;
— bitiruvchilar maxsus komissiyaga yoʻllanma berishni soʻrab onlayn platforma orqali murojaat qilish;
— tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellatsiya berish va uni koʻrib chiqish;
— bitiruvchilarning yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini 100 ballik tizimda baholash mezonlari;
— avtomatik ravishda onlayn platforma orqali oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlash kabi bir qator tartiblar belgilangdi;
Yoʻllanmalar quyidagi minimal talablarni bajargan bitiruvchilarga beriladi:
— kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilar:
— har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;
— chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
— maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi;
— ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi;
Sirtqi yoki masofaviy taʼlim shakllarida oʻqigan bitiruvchilar:
— umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkich reyting natijalari boʻyicha 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
— chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
— ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring