Yunusoboddagi ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻldi

09:55 14 Iyul 2025 Jamiyat
150 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 14-iyul kuni soat 07:39 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Axmad Donish koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yongʻin sodir boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar FVBga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Murojaatga asosan, 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, soat 08:14 da yongʻin qurshab olingan va 08:51 da toʻliq oʻchirilgan.

Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari ham yetib borgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер