Yunusobodda 123 ta xonadon egasining tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi

18:05 04 Mart 2022 Jamiyat
641 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha 2020-yil 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi. Ushbu chora-tadbirlar rejasi boʻyicha “Oʻztransgaz” AJ hamda «Hududgaztaʼminot» AJ oʻrtasida qarzdorliklarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi PQ-4840-sonli qaroriga asosan oʻtgan davr mobaynida tabiiy gaz isteʼmolchilari xonadonlariga korxona tomonidan bepul zamonaviy gaz hisoblagichlar oʻrnatilmoqda. Biroq, qonunga zid ravishda ish koʻrayotgan isteʼmolchilar ham oramizda uchrab turibdi.

Tekshiruvlarning navbatdagisi Yunusobod tumanida amalga oshirildi. «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali “Jismoniy shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish” xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda tumanda “aqlli” gaz hisoblash uskunasi jami 16 977 ta oʻrnatilgani maʼlum boʻldi. Hozirda amaliy ishlar davom etmoqda.

Tumandagi “Islomobod”, «Hamkorobod», “Turk qoʻrgʻon”, “Mehnatobod”, “Hasanboy”, “Billur” mahallalarida “BillingGaz” dasturida “0” koʻrsatkichda turgan xonadonlar koʻzdan kechirilganda, “aqlli” hisoblagichni olib tashlab, rezina shlang yordamida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Yunusobod tumanida 123 ta xonadon oʻrganildi. Natijada 130 125 metr kub tabiiy gazni sarf qilib, gaz taʼminotiga 49 447 500 million soʻm miqdorida moddiy zarar keltirilganligi aniqlandi. Har bir isteʼmolchi qonun doirasida javobgarlikka tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер