“Yunusobod” metro yoʻnalishidagi qurilishidagi halokat natijasida qurbonlar soni 6 nafarga yetdi. Ularning shaxsi va yashash manzillari maʼlum qilindi

12:33 19 Dekabr 2019 Jamiyat
1528 0

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida halok boʻlganlar soni 6 nafarga yetdi

Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

  • 1.1989-yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek Toʻra oʻgʻli;
  • 2.1989-yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom oʻgʻli;
  • 3.1999-yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
  • 4.1986-yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
  • 5.1996-yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin oʻgʻli.
  • 6.1981-yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif Toʻlqinovich.

Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga barcha zarur moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер