Yunusobod yoʻlining Shaxriston bekati aylanma yoʻlidan harakatga chiqishi lozim boʻlgan metro poyezdi buzilib qoldi
Joriy yilning 23 — oktyabr kuni soat 09:46 lar atrofida Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining Shaxriston bekati aylanma yoʻlidan harakatga chiqishi lozim boʻlgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.
Holat yuzasidan tezkor koʻrilgan chora — tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yoʻnalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring