Yun Suk Yol Janubiy Koreyaning navbatdagi prezidenti
Foto: AFP
Yun Suk Yol Janubiy Koreyaning navbatdagi prezidenti etib saylandi.
Prezidentlikka yana bir nomzod Li Chje Myon oʻz magʻlubiyatini tan olgan va Yun Suk Yolni gʻalaba bilan tabriklagan.
Yun Suk Yol saylovda “Xalq kuchi” konservativ siyosiy partiyasi, yaʼni Koreya Respublikasining muxolif partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etdi. Ushbu partiyaning nomi 2020-yilning 31-avgustigacha “Kelajak birlashgan partiyasi” boʻlgan.
Li Chje Myon esa saylovda Koreya Respublikasining “Demokratik partiyasi”dan nomzod sifatida qatnashdi. Ushbu partiya mamlakatdagi hukmron partiya hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring