Soatiga 60 km cheklangan tezlik "Yo‘l harakati qoidalari"ga kiritildi
Arxiv foto
Vazirlar Mahkamasining 3 apreldagi qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Hujjat matni Lex.uz portaliga joylashtirilgan.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 78-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo‘ldi:
«Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi».
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmonining 15-bandiga muvofiq 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring