Yuksak huquqiy madaniyat insonga nima beradi?

16:47 26 Iyun 2018 Jamiyat
7032 0

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy shartidir” mavzusida o‘tkazilgan seminar tashkil qilindi. Bu haqda muxbirimiz Dilshod Karimov xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, huquqiy ong va madaniyat insonning shaxs sifatida shakllanishi, emin-erkin yashashi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, xususan, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini jonlantirish borasidagi takliflar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng yaxshi loyihalar Adliya vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Tadbirda “Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy targ‘ibotning ahamiyati” mavzusida master klasslar tashkil qilindi. Eng yaxshi huquq bilimdonlari aniqlanib, ularga Adliya vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер