Yozyovondagi 6 ta mahallaga 18 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda

15:19 17 Mart 2025 Jamiyat
174 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yozyovon tumanida 6 ta mahalla fuqarolar yigʻini ogʻir hudud toifasiga kiritildi. Ushbu mahallalarda infratuzilma xizmatlarini yaxshilashga 18 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

— Ayni paytda hududdagi 1163 ta oilada 4300 nafar aholi istiqomat qiladi, — deydi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Azizbek Boltaboyev. — Bu borada olib borilgan oʻrganishlar jarayonida 154 ta oila kambagʻal oilalar reyestriga kiritildi.

Dastur doirasida 3 mlrd. soʻm mablagʻ sarflanib, elektr tarmoqlarini yangilash, ichki yoʻllarni asfaltlashtirish hamda mahalla hududidan oʻtgan ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish boʻyicha dastlabki saʼy-harakatlar boshlandi.

Shu tariqa 7,8 km elektr tarmoqlari yangilanadi, 4,7 km. ichki yoʻllarga asfalt yotqizildi hamda 2 km. ichki sugʻorish tarmoqlari betonlashtiriladi. Natijada mahalla infratuzilmasi zamonaviy mezonlar asosida yaxshilanishiga erishiladi.

Aytish joiz, mahalla aholisi tasarrufida 205 gektar tomorqa yeri mavjud. Oilalar daromadining 85 foizi tomorqadan olinadigan mahsulotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер