Yozyovonda muqaddam 13-marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroning yangi kirdikorlari fosh boʻldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam JKning 184-moddasi bilan 13-marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.A. oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, soliq toʻlamaslik hamda noqonuniy daromad orttirish maqsadida boshqa fuqarolar nomiga “Q-Fargʻona” XK, “Y-binokor”, “T-stroy”, “F-best” va “M-best” nomli MCHJlarni tashkil qilgan.
Soʻng tashkil qilingan jamiyatlarning faoliyatini amalda oʻzi yuritib, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzib, savdodan tushgan 3,2 mlrd soʻmni kirim qilmaganligi, 163,2 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlagan holda “Q-Fargʻona” XK va “Y-binokor” MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring