Yozda Yer usti metro yoʻlida poyezdlar tezligiga cheklov joriy etiladi
Yoz mavsumining boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida havo harorati keskin koʻtarilishi va natijada yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻlishi, +70 darajaga yetishi mumkin.
Shu munosabat bilan temir yoʻllardan foydalanish qoidalariga koʻra, relslarning harorati +55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilishi, yaʼni, relslarning harorati +60 darajagacha boʻlganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olib, poyezdlar harakati va yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida metropolitenning Yer usti halqa yoʻli va Sergeli yoʻli uchastkalarida havo haroratining koʻtarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring