Yovvoyi hayvonlarni saqlash huquqiy jihatdan ta’minlanmoqda

11:07 05 Avgust 2023 Siyosat
2579 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yovvoyi hayvonlarning tabiiy zotga oid turlarining, ayniqsa, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarning barqaror yashash sharoitlarini ta’minlash hamda saqlab qolish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga yirtqich va zaharli yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki tutqunlikda saqlash, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish, ularni jamoat joylarida sayr qildirish natijasida turli noxush hodisalar uchrayotganligi tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Shu boisdan ushbu Qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda ulardan turli maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, shuningdek vakolatli davlat organining ushbu yo‘nalishdagi javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер