Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi oʻqitib, bu yerlarda band qilish muhimligi taʼkidlandi
Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlarni tarqatishga qaror qilindi. Buning natijasida 1,5 million tonna qoʻshimcha mahsulot olib, eksportni yana 200 million dollarga oshirish mumkin boʻladi.
Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi oʻqitib, bu yerlarda band qilish muhimligi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring