Yoshlarni birlashtirgan festival

11:20 15 Fevral 2024 Jamiyat
212 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida “Yoshlar festivali” oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, Yangihayot tumani hokimligi masʼullari, Yangihayot tumani joylashgan oʻnga yaqin umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchi hamda talabalari, FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Festivalni oʻtkazishdan maqsad — yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy bilimini oshirish, sogʻlom turmush tarziga jalb etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlashdan iboratdir, — deydi FVV Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor Farhodjon Xoʻjayev.

Festival davomida yoshlarga yongʻin hamda qutqaruv xizmatida foydalaniladigan maxsus texnikalar namoyishi, xizmat itlari bilan koʻrgazmali chiqishlar, kamondan oʻq otish mahorat darslari oʻtkazildi.

Shuningdek, sportning mini futbol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka turlari hamda qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish kabi musobaqalar tashkil etildiki, bularning barchasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda natijalarga koʻra, gʻolib boʻlgan va faol qatnashgan bir guruh yoshlar tashkilotchilar tomonidan medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Manzura MATRASULOVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер