Yoshlar uchun qator imkoniyatlar berildi
Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yigit-qizlar uchun bir qancha imkoniyat va imtiyoz eshiklari ochib berildi.
Jumladan,texnikumlarga qabul yilda 2-marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, texnikumlar uchun taʼlim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.
Ilm-fan, sport, sanʼat, madaniyat yoʻnalishidagi toʻgaraklar uchun yoshlarga olti oy ichida 300 ming soʻmdan toʻlanadi.
Bir yil davomida tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm yoʻnaltirish orqali 220 ming nafar yoshlarning
bandligi taʼminlanadi. 130 ming nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishi uchun 160 milliard soʻm subsidiya ajratiladi. 110 mingdan ziyod oʻgʻil-qizlarimiz esa, davlat korxonalari va xususiy sektordagi boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi. Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 250 milliard soʻm subsidiya va kompensatsiyalar beriladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning hamma farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollari sotib olish harajatlari 100 foiz davlat zimmasidan olib beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring