Yoshlar muammolar boʻyicha bevosita moliya vaziriga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi
Subsidiyalar berishning ochiq-oshkoraligini taʼminlash maqsadida “elektron platforma” ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etildi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.
Bunda yoshlar ushbu platformadan tunu-kun (24 soat) foydalanishi, muammolari boʻyicha bevosita moliya vaziriga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Viloyat, tuman (shahar) moliya boʻlimi boshliqlari oʻzi yurib, mahallabay yoshlar bilan uchrashib, byurokratiya va korrupsiyasiz subsidiya ajratishga shaxsan javobgar boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring