“Yoshlar mehnat guzari” binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chortoq tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Q.R. “T.S.” MCHJ rahbari O.A.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida MCHJ qarashli yer maydonda “Yoshlar mehnat guzari” binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 000 AQSH dollari va 18 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring