Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatiga bagʻishlangan seminar

12:14 27 Mart 2026 Siyosat
277 0

Joriy yilning 27-mart kuni Senatda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar masʼullari, UNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari, mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari hamda Yoshlar maslahat guruhlari aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni qonun ijodkorligi jarayonlariga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Maʼruzalarda xalqaro tajriba va milliy amaliyot uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, “Yuksalish” harakati hamda UNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari tomonidan yoshlar ishtiroki va ularni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish boʻyicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari va Yoshlar maslahat guruhlari aʼzolari bilan fikr almashilib, joylardagi yoshlar bilan bogʻliq mavjud muammolar va ularni bartaraf masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning institutsional salohiyatini kuchaytirish hamda yoshlarning jamoatchilik boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha tavsiyalar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?