Yoshlar Ittifoqi binosi karantinga olindi

18:36 14 Iyul 2020 Jamiyat
1437 0

Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi binosi tashkilotda faoliyat olib borayotgan 2 nafar xodimda koronavirus infeksiyasiga olingan test musbat natija koʻrsatganligi tufayli dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilishi uchun karantinga olindi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov xabar berdi.

Yurtimizda eʼlon qilingan karantin munosabati bilan Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining aksariyat xodimlari 10-iyuldan boshlab onlayn (masofadan) ishlashga oʻtkazilgan edi. Test natijalari musbat boʻlgan 2 nafar xodimdan bir nafari onlayn (masofadan) ishlagan, bir nafari ish faoliyatida kerak boʻlgan vaqtda binoga tashrif buyurgan.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda kasallangan xodimlar soni 10 ga yaqin degan xabarlar asosga ega emas.

Binoda qoʻriqlash xizmati va dezinfeksiya ishlarini amalga oshirayotgan maxsus xodimlardan boshqa ishchilar yoʻq. Markaziy Kengash binosida muntazam tarzda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер