Yoshlar bandligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy seminar

14:50 15 Avgust 2025 Jamiyat
316 0

Samarqand shahrida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish, ishsizligiga barham berish yuzasidan “mahalla yettiligi” aʼzolari va taʼlim muassasalarining hamkorligini takomillashtirish boʻyicha respublika amaliy seminari ish boshladi. Tadbirda masʼul idora va tashkilotlar vakillari hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etmoqda.

​

Seminarning ochilishida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Mahl Sabine xonim, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqalar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samarasi haqida soʻz yuritdi.

​

Uch kun davom etadigan seminarda yoshlar bandligini taʼminlashda “mahalla yettiligi”ning oʻrni, oliy taʼlim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash va bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash, yoshlar yetakchilarining taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish tizimi va bolalar tashkiloti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar jinoyatchiligining oldini olishda profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari hamkorligi, yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarning oldini olish, mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

​

Bundan tashqari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar, IT, startap loyiha va dasturlar asosida ishlayotgan yoshlar faoliyati oʻrganiladi.

Seminar doirasida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” hamda “Taʼlim koʻrgazmasi” ham tashkil etiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер