Yosh tadbirkorlar loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida “Yangi zamon mebellari” xususiy korxonasi oʻz faoliyatini boshladi.
— Bu biz, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida qilinayotgan tizimli ishlar natijasidir, — deydi korxona rahbari Shuhratbek Yoʻldoshev. — 850 million soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan korxonamizda bir yilda 5 yarim mingta eshik va romlar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Buning uchun 22 nafar mahalliy yoshlarni ishga qabul qildik.
Aytish joiz, oʻtgan yili Andijon viloyatida 93 gektar maydonda 20 ta Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilib, ularda saksonga yaqin loyihalar ishga tushirildi. Buning natijasida 1,4 mingta ish oʻrinlari yaratildi. Joriy yilda bu koʻrsatkichlar yanada ortishi kutilmoqda. Aniqrogʻi, mazkur zonalarda yil oxiriga qadar 300 ta loyihani hayotga tatbiq etish orqali 5 ming nafar yigit-qizlar doimiy ish joyi bilan taʼminlanadi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring