Yosh sportchilarning dahshatli fojiasi
Kanadada “Humbolt Broncos” yoshlar xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 14 nafari shifoxonaga yotqizildi. Yo‘lovchi transporti vositasida haydovchi bilan birgalikda jami 28 kishi bo‘lgan. Bu haqida “CBC” telekanali Kanada qirollik otliq politsiyasi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.
Uch nafar jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir.
Aniqlanishicha, xokkeychilar musobaqaga ketayotgan bo‘lgan. YTH Tisdeyl qishlog‘idan 30 km. Uzoqlikdagi trassalardan birida ro‘y bergan.
Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
“Men hayotdan ko‘z yumganlarning ota-onasi bundan keyin qanday yashashlarini tasavvur eta olmayapman... Men ushbu dahshatli fojiadan jabr ko‘rgan insonlarga chin dildan ta’ziya bildiraman ”, - deb yozgan u “Twitter”dagi sahifasida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring