Yosh ijodkorlar oʻrtasidagi “Zomin –«2021” tanlovi uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtdi

09:14 18 May 2021 Madaniyat
1981 0

Guliston shahrining Alisher Navoiy xiyobonidagi “Bilimdonlar maskani”da “Zomin — 2021” (“ Zomin seminari») tanlovi oldidan Sirdaryo va Toshkent viloyati yosh ijodkorlarining “Isteʼdod maktabi” hududiy- mintaqaviy seminari boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, ushbu tadbir kecha, 17-may, yaʼni Oʻzbekiston Xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tugʻilgan kunda tashkil qilindi. Shu munosabat bilan seminar avvalida taniqli ijodkorlar hamda yoshlar xalqimizning sevimli shoirasini chuqur hurmat-ehtirom bilan yodga oldi va sheʼrlaridan namunalar oʻqidi.

Hakamlar hayʼati bu yilgi yosh ijodkorlarning anʼanaviy “Zomin — 2021” tanlovi ishtirokchilari nomzodlarining ijodiy ishlarini koʻrib chiqdi. Har bir nomzod bilan bevosita muloqot oʻtkazildi.

Ikki viloyatning “Zomin seminari”da ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan vakillari tez orada eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun. “Zomin seminari”da yosh ijodkorlar nazm, nasr, dramaturgiya, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, badiiy publitsistika yoʻnalishlari boʻyicha qatnashadilar.

Tadbirda tanlov ishtirokchilariga Sirdaryo viloyati hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xonzoda HUSANOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti 1- bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер