Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pastlab ketdi
-60 daraja sovuqda insonning himoyalanmagan yuzi salgina shabada essa soniyalar ichida muzlab qoladi.
1-yanvar tongida Yoqutistonning koʻplab aholi maskanlarida -50 darajadan past harorat qayd etildi.
Xususan:
-50°S — Sangar, Yugoryonok, Ust-Maya;
-51°S — Oxotskiy Perevoz, Itikkoʻl, Ust-Mil;
-52°S — Krest-Xaljay, Namsi;
-53°S — Pokrovsk, Amga;
-54°S — Churapcha, Batamay;
-56°S — Oymakon.
Taʼkidlash joiz, Yoqutiston — dunyoda odam yashaydigan eng sovuq hudud. 1926-yilda geolog Obruchev Oymakonda Selsiy boʻyicha −71,2 daraja sovuq haroratni qayd etgan.
-60 daraja sovuqda insonning himoyalanmagan yuzi salgina shabada essa soniyalar ichida muzlab qoladi, termometrdagi simob muzlaydi, aksariyat avtomobillar umuman oʻt olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring