Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

16:04 03 Yanvar 2024 Jamiyat
606 0

Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

— BHMning 25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 250 ming soʻmdan 16 mln 500 ming soʻmgacha) jarima solish;
— 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
— yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Agarda mazkur qilmish:

odam oʻlishiga;

boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa:

— muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер