Yashirilgan atirlar “yashil yoʻlak” oʻtolmadi

15:25 06 Sentyabr 2019 Jamiyat
1257 0

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Qarshi aeroport” chegara bojxona postida “yashil yoʻlak” orqali harakatlangan fuqaro J.D. ning qoʻl yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, deklaratsiyada koʻrsatilmagan va ogʻzaki savol-javob davomida maʼlum qilinmagan umumiy qiymati 5,3 million soʻmlik 72 dona atir-upa tovarlarini mamlakatimizga olib kirayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, “Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro R.M. tomonidan ham meʼyoridan ortiqcha boʻlgan

64 dona turli nomdagi atirlarni olib kirishga boʻlgan urinish oʻz vaqtida fosh boʻldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер