“Yashil” texnikumlarda Ekostipendiya taʼsis etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 25-mart kuni Prezidentning “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–110-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar taʼlim tizimining uzviyligini taʼminlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
• “yashil” texnikumlarda taʼlim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy taʼlim agentligi tasdiqlaydigan taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;
• “yashil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi;
• Universitetning 1-bosqichida oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich oʻquv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi;
• “yashil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan V2 darajaga ega boʻlgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat beriladi;
• “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya taʼsis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli oʻquvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring