Yaqin Sharqdagi urush sababli Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi “Formula-1” poygalari bekor qilindi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli “Formula-1”ning aprel oyiga rejalashtirilgan Bahrayn va Saudiya Arabistoni bosqichlari rasman bekor qilindi.
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) xabariga koʻra, tashkilotchilar bir nechta muqobil variantlarni koʻrib chiqishgan, biroq yakunda aprel oyida ushbu poygalar oʻrniga boshqa hech qanday almashtiruvchi musobaqa oʻtkazmaslikka qaror qilishgan.
Shuningdek, “Formula-2”, “Formula-3” va F1 Academy bosqichlari ham bekor qilingan.
Shunday qilib, 2026-yilgi mavsumda rejalashtirilgan 24 ta poyga oʻrniga 22 tasi boʻlib oʻtadi. Navbatdagi bosqich 27–29-mart kunlari Yaponiyada oʻtkaziladi, aprel oyidagi tanaffusdan soʻng esa chempionat 3-may kuni Mayami Gran-prisi bilan davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring