Yaqin Sharq davlatlaridan Oʻzbekistonga qaytarilgan yurtdoshlarimiz soni ochiqlandi

16:47 07 Mart 2026 Jamiyat
445 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq mintaqasidan Oʻzbekistonga qaytarilgan yurtdoshlarimiz soni toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 7-mart kuni soat 07:00 holatiga koʻra, Yaqin Sharq mintaqasidan Oʻzbekistonga jami 17 152 nafar yurtdoshimiz olib kelingan.

Jumladan:

  • Saudiya Arabistonidan – 14 502 nafar;
  • Birlashgan Arab Amirliklaridan – 2 356 nafar;
  • Erondan – 42 nafar;
  • Qatardan – 218 nafar;
  • Bahrayndan – 27 nafar;
  • Oʻmondan – 7 nafar.

“Vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich asosda amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qaytarish ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda”, — deyiladi TIV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер