Yaponiyalik murabbiy Surxon dzyudochilariga ustozlik qiladi

17:42 23 Iyul 2025 Jamiyat
268 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning 2028-yilgi Olimpiadaga munosib sportchilar tayyorlash borasidagi muhim tashabbuslari doirasida Surxondaryo viloyatida sportni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Yaponiyadan kelgan tajribali dzyudo murabbiyi, 5-DAN qora belbogʻ sohibi va xalqaro litsenziyaga ega ustoz Junna Kikuchi Surxon sportchilariga kelgusi bir yil mobaynida xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashadi.

Termiz shahridagi Kurash majmuasida oʻtkazilgan uchrashuvda Junna Kikuchi surxondaryolik dzyudochilarda katta salohiyat borligini taʼkidlab, ularni Olimpiada kabi yirik musobaqalarga tayyorlash uchun barcha bilim va tajribasini safarbar qilishga vaʼda berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер