Yaponiyadan gʻalaba, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonidan magʻlubiyat

10:16 01 Aprel 2026 Sport
183 0

Kecha, 31-mart kuni FIFA kunlari doirasida Osiyoning grand terma jamoalari xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etishdi.

Qitʼaning eng nomdor jamoasi Yaponiya kecha Londonda Angliya termasini magʻlub etishni uddaladi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Kaoru Mitoma mualliflik qildi.

Qitʼaning yana bir nomdor jamoasi Janubiy Koreya esa kecha Venada Avstriya mehmoni boʻldi. Oʻyin mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “Liverpul“ futbolchisi Marsel Zabitser mualliflik qildi.

Mundial masalasini allaqachon ijobiy hal etishga ulgurgan Serbiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kecha Dohada oʻzaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdilar. Uchrashuv 2:1 hisobida Yevropa vakilining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Straxinya Pavlovich va Aleksandr Mitrovich mualliflik qildi. Saudiya Arabistoni termasining yagona javob goli esa Abdulloh Al-Hamdan tomonidan kiritildi.

Oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻl olgan Iordaniya termasi kecha Nigeriya bilan nazorat oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga Iordaniyadan Musa Al-Tamari va Muhammad Dovud mualliflik qildi. Nigeriyaning javob gollari esa Mozes Saymon va Emmanuel Fernandes hisobiga yozildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер