Yaponiyada Pfizer vaksinasining har oltinchi dozasi tashlab yuboriladi
Yaponiyalik shifokorlar Pfizer farmatsevtika kompaniyasi vaksinasining har oltinchi dozasini tashlab yuborishadi. Bunga dori saqlanadigan idish sabab boʻlmoqda. Buni Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Katsunobu Kato maʼlum qildi.
Katoning soʻzlariga koʻra, shisha idishdan preparatni olish uchun maxsus shpris kerak. Oddiy shpris idishdagi olti doza vaksinadan atigi beshtasini chiqara oladi. Dorining qolgan qismini tashlab yuborishga toʻgʻri keladi.
“Biz maxsus shprislarni koʻproq olishga harakat qilmoqdamiz”, deb ishontirdi siyosatchi. Izohlanishicha, ularni olish oson emas. Shu sababli emlash taxminan besh oy ichida rejalashtirilgan darajaga yetadi. Shuningdek, 12 millionga yaqin kishi emlashning birinchi toʻlqinida vaksina ololmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring