Yaponiyada kuchli zilzila yuz berdi
Illyustrativ foto
Yaponiya janubi-sharqidagi Xokkaydo prefekturasida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
Xokkaydo orolining eng shimolidagi Kushiro shahri yaqinida dengizda 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Bu haqda Yaponiya meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, zilzila oʻchogʻi 60 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Sunami xavfi hamda qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq.
Eng kuchli silkinishlar Nemuro shahrida sezilgan va Yaponiyada qabul qilingan yetti balllik shkala boʻyicha besh ballni tashkil etgan. Zilzilani mamlakatning 12 ta prefekturasi aholisi his qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring