Yaponiyada changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ikki kishi halok boʻlgan

22:34 11 Mart 2024 Dunyo
377 0

Foto: iStock.com

Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolidagi Yotey togʻida chet elliklar ekanligi taxmin qilinayotgan changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ulardan ikki nafari halok boʻldi.

“Kiodo” agentligining qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:00 da sodir boʻlgan. Falokat olti nafar changʻichidan iborat guruh yovvoyi qiyalikdan tushayotgan vaqtda yuz bergan.

Guruhning uch nafar aʼzosi qor koʻchkisi ostida qolib ketgan. Ular mustaqil chiqib olishga muvaffaq boʻlgan. Manbada halok boʻlganlarning millati haqida maʼlumot yoʻq.

Shuningdek, agentlik voqea sodir boʻlgan kuni hududda qor koʻchkisi haqida ogohlantirish berilmaganini ham qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер