Yaponiya tarixida ilk bor ayol kishiga admiral unvoni berildi
Yaponiya Mudofaa vazirligi mamlakat tarixida ilk bor ayol kishiga oliy admiral unvonini berishga qaror qildi, deb yozdi “TASS”.
Ushbu unvon berilgan 57 yoshli Natsue Kondo ilgari vitse-admiral boʻlib, kattagina dengiz qoʻmondonlik xodimlarini tayyorlash maktabini boshqargan.
Vazirlik maʼlum qilishicha, Kondo endi Yaponiya qirgʻoq mudofaa kuchlariga qoʻmondonlik qiladi. Darvoqe, mamlakat quruqlik va havo kuchlarida ayollar hech qachon eng yuqori – general unvonini olmagan.
Ayni payt Yaponiya Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlarda qoʻmondonlik lavozimlarida ayollar sonini koʻpaytirish dasturini amalga oshirmoqda. 2025-yilga kelib, xotin-qizlar mayordan boshlab yuqori darajadagi zobit va generallarning kamida 5 foizini tashkil etishi koʻzlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring