Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi

16:07 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
340 0

Joriy yilning 16-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-Prezidenti Sachiko Imoto boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirning oʻrinbosarlari Axadbek Haydarov va Jasur Qarshiboyev ishtirok etdi. Xorijiy tomondan JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi, uning oʻrinbosarlari Kenji Mishima va Koki Sera hamda boshqa xorijlik mehmonlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tomonlar joriy loyihalarning samaradorligi hamda istiqbolli loyihalarni sifatli tayyorlash masalalarini muhokama qildilar. Energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash, irrigatsiya, shuningdek, ichimlik suvi taʼminoti, yoʻl qurilishi sohalarida davlat dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ayni paytda Agentlik tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim, energetika, sogʻliqni saqlash, chorvachilik, qishloq va suv xoʻjaligi kabi sohalarda 7 ta kredit loyihasi va 16 ta grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Jamshid Qoʻchqorov Oʻzbekiston JICA bilan uzoq muddatli va oʻzaro foydali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Sachiкo Imoto, oʻz navbatida, Oʻzbekiston bilan oʻzaro manfaatli sohalarda faol hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishga tayyorligini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Yaponiya hukumatining Rivojlanish uchun rasmiy yordam (ODA) dasturini amalga oshiruvchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqil va barqaror rivojlanishini ilgari surish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va inson resurslari salohiyatini oshirishga koʻmaklashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер